Нормальный сайт
(+998 71) 260 31 16
(+998 71) 262 34 16 faks
Ish vaqti: 24 soat
O’zbekiston Respublikasi, Yunusobod
tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy

Oftalmologiya bulimi

Bo’lim mudiri oliy taofali shifokor Муродова Эльмира Ходиевна.

Telefon raqami +99871-260-32-40

Bo’lim 1997 yilda tashkil topgan va 25 ta o’rin joyga ega. Har yili 12000 ta bemorga ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali oftalmologik yordam kursatiladi, ulardan 1300 ta bemor stasionarda yotib davolanadi, operacion faollik 78-80% ni tashkil etadi.

Bo’lim hodimlari va “Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi” kafedrasi hodimlari tarkibida 1 ta medisina fanlari doktori, 3 ta dosent va 5 ta oliy toifali shifokorlar bilan birgalikda tibbiy va ilmiy izlanishlar olib borishadi. Bolalarda ko’zning tug’ma hamda ortirilgan kasalliklarni diagnostikasi va davolash ishlari olib borilmoqda. Bo’limda quyidagi rejali jarrohlik amaliyoti turlari olib borilmoqda:

Tug’ma va ortirilgan (postuveal, travmatik)  kataraktaning  ekstrasiyasida yumoshoq IOL implantatsiyasi bilan va implantatsiyasiz. (intra okulyar linza);

Tug’ma, yuvenil hamda ikkilamchi glaukomalarda, antiglaukomatoz jarrohlik amaliyotlari.

Tug’ma qovoq patologiyalarida o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari: Qovoqlarning ichkariga va tashqariga  qayrilishi, tepa qovoq ptozida (tepa qovoqni tepaga ko’taruvchi muskulida blefaroplastika), qovoqning postravmatik deformaciyalari.

Ko’z yoshi kanali tug’ma atreziyalarida o’tqiziladigan jarrohlik amaliyotlari, o’tkir va surunkali dakriosistitlarda kanalni zondlar, yosh burun kanal intubaciyasi,zondlash, tashqi dakriorinostomiya jarrohlik amaliyoti.

  Ko’z oldi qismida YAG- lazer jarroxlik amaliyoti usullari.  

Kun davomida shoshilinch oftalmologik yordam bemorlarga kursatilmoqda. Shoshilinch patologiya bilan murojat qilgan bemorlarga o’z vaqtida ko’z olmasi xamda ko’zning yordamchi apparatlarida jarrohlik amaliyotlari o’tkazilmoqda. Hozirgi vaqtda bolalarda tug’ma glaukoma; g’ilaylikning paralitik va murakkab kombinirlangan turlari; nistagm; tug’ma nuqson va gavharning orqa kapsulasi bo’lmagan hollarda IOL implantatsiyasining jarrohlik amaliyoti usullarini ilg’orlashtirish ustida ilmiy- izlanish ishlari olib borilmoqda. Qovoq va konyunktiva anomaliyalarida plastik operatsiyalar amalaga oshirish yo’lga qo’yilmoqda.

Batafsil ma'lumot poliklinika ma'lumotnomasida

Qo'ng'iroq qiling: (+998 71) 260 31 16
Ish vaqti: 24 soat
Bizning manzil: O’zbekiston Respublikasi, Yunusobod
tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy
« Bosh sahifa
A-
A+