Bolalar yurak jarroxligi markazi
Markaz boshlig’i Pirnazarov Doniyor Telmanovich
+998 71 260 38 01
SSV buyrug’iga asosan 2015 yui 1 maydan TashPMI klinikasi qoshida 30 o’rinli bolalar kardioxirurgiya markazi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib Respublikada yagona markaz bo’lib, ilk yoshdagi bolalar va 18 yoshgacha bolgan barcha tug’ma yurak nuqsonlari bilan og’rigan bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashgan kardioxirurgik yordamni ko’rsatishga mo’ljallangan. Shujumladanyuqorimalakali, ixtisoslashganjarroxlikyordaminiko’rsatishquyidagitug’mayuraknuqsonimavjudbo’lganbemorlarganisbatanamalgaoshiriladi:
- Qorinchalar aro to’siq nuqsoni (QATN)
- Bo’lmachalar aro to’siq nuqsoni (BATN)
- Ochiq arterial yo’lak (OAY)
- Tetrada Fallo (TF)
-Aorta koarktasiyasi (AK)
- O’pka venasini total va qisman drenaj anomaliyasi
- Magistral tomirlar transpozisiyasi
- O’pka arteriyasi stenozi
- Ochiq atrioventrikulyar kanal (OAVK) va boshqa turdagi nuqsonlar;
Davolash jarayonida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanib operasiyala soni yil davomida 700 taga yetkazildi. Ushbu ko’rsatkichlarni sonini kelajakda 1000 tagacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Bo’limni yuqori texnologik va zamonaviy yangi apparatlar bilan jixozlash yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Buning natijasi o’laroq ilk yoshdagi bolalarda murakkab tug’ma nuqsonlar operasiyasini amalga oshirish boshlandi, murakkab nuqsonlar korreksiyasi yo’lga qo’yildi. Xamda bemorlarni davolash Jaxon Sog’liqni Saqlash tashkiloti standartlariga asoslangan xolda davo muolajalari yildan yilga yangilanib bormoqda. Markaz mutaxassislari Janubir Koreya va Xindiston, Rossiya kabi xorijiy davlatlarda o’z malakasini oshirib kelmoqda. Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridagi mutaxassislar bilan o’zaro aloqalar yo’lga qo’yilgan. “Sog’lom avlod uchun” fondi orqali bir qancha xayirli tadbirlar uyushtirilib kelmoqda. Shuningdek Koreyaning Seul Milliy Universiteti va Xindistonning Artemis klinikasi bilan o’zaro xamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.
Markazda 5 na kardiojarrox faol ish olib bormoqda, 2 ta kardioanesteziolog, 2 ta perfuziolog, 4 ta kardioreanimatolog va 1 ta kardiolog. Shulardan 3 nafari oily toifali shifokorlar, 3 nafari fan nomzodi.
Batafsil ma'lumot poliklinika ma'lumotnomasida
Ish vaqti: 24 soat
tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy