Нормальный сайт
(+998 71) 260 31 16
(+998 71) 262 34 16 faks
Ish vaqti: 24 soat
O’zbekiston Respublikasi, Yunusobod
tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy
12/07/2023 CASE REPORT

ToshPTI klinikasi kardioxirurgiya bo’limi shifokori, Bobur Turaev Yaponiya davlatidagi Okayama Universiteti shifoxonasi, bolalar kardioxirurgiyasi bo’limida 1 oylik stajirovka o’tib, yurtimizga qaytib keldi. 

Okayama Universiteti Shifoxonasi, Yaponiyaning janubiy qismidagi eng yirik shifoxonalardan biri bo’lib, deyarli 50ga yaqin bo’limga va 1000 ga yaqin yotoq-o’riniga ega. Ushbu shifoxonaning kardioxirurgiya bo’limi dunyo bo’ylab yetakchi bo’limlardan bo’lib, hozirgi kundagi eng murakkab operatsiyalardan biri Norwood operatsiyasining Sano modifikatsiyasi aynan shu klinikada yo’lga qo’yilgan. Ohirgi 3 yil davomida Norwood-Sano operatsiyasidan keyingi o’lim holati 0% ligi ham buni yaqqol tasdiqlaydi. 

Stajirovka davomida shifokorimiz ko’plab operatsiyalarda ishtirok etdi, bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi parvarishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lib qaytdi. 

Shifokorimizni o’z ustida ishlashda davom etishiga ishonamiz va kelajakdagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

ToshPTI klinikasi Yanoniya davlati Okayama Universiteti klinikasi bilan hamkorlik davomli bolishini bildirdilar.


« Bosh sahifaga
A-
A+