ToshPTI klinikasi kardioxirurgiya bo’limi shifokori Xaydarov Qambarali, Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistentlari Fayziev Otabek va Ashurova Gulchexralar Xitoy davlatidagi "Hunan children's hospital" shifoxonasida 15 kunlik stajirovka o’tib, yurtimizga qaytib kelishdi.
Hunan children's hospital Xitoydagi eng yirik shifoxonalardan biri bo’lib, deyarli barcha turdagi murakkab operatsiyalar o'tkaziladi. Mutaxassislarimiz ushbu shifoxonada stajirovka davomida ko’plab operatsiyalarda ishtirok etib, bemorlarni operatsiyaga tayyorlash, anesteziyani mukammallashtirish va bemorlarning operatsiyadan keyingi parvarishi haqida ko'plab yangi ma’lumotlarga ega bo’lib qaytishdi.