Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilganiga yarim asr to‘ldi
Kuni kecha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 50 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov institut jamoasi, dargoh bitiruvchilari va tahsil olayotgan talabalarni samimiy muborakbod etdi:
"Yarim asr muqaddam tashkil etilgan mazkur tibbiy ta’lim muassasasida tahsil olgan, zamonaviy tibbiy bilimga ega bo‘lgan 30 mingdan ziyod mutaxassis bugun nafaqat mamlakatimiz tibbiyoti, balki Markaziy Osiyo mintaqasi, jahon tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda".
Tadbirda koʻp yillar davomida tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlashda fidokorona xizmat qilgan institutning bir guruh xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.