Bo’limimiz tarixida birinchi martta Ebshteyn Anomaliya (A tip) va O’pka arteriyasi stenozi (bosim gradienti 46 mmHg) nuqsonlari bilan 5 yoshli Surxondaryolik bemorimizda uch tabaqali klapan konusli plastikasi (Cone repair) va o’pka arteriyasini kengaytirish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o’tkazildi va operatsiyadan keyingi 6 sutkada, yaxshi holatda uyiga javob berildi. Ushbu jarrohlik amaliyoti (Cone repair) 2004 yilda, braziliyalik kardiojarroh Da Silva tomonidan ilk bor qo’llanilgan bo’lib, bugungi kunda faqatgina dunyoning eng rivojlangan kardiomarkazlarida amalga oshiriladi. Bu bizning jamoamizning navbatdagi katta yutug’idir. Allohga shukur.
24/04/2023
Case report.
« Bosh sahifaga